O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ulug‘ vatan urushi yillarida MDHga a’zo davlatlar xalqlarining jasorati haqidagi xotirani abadiylashtirish bo‘yicha kelishuvga qo‘shilish haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
2011-yil 3-sentabrda imzolangan kelishuvdan ko‘zlangan maqsad MDH hududidagi harbiy qabristonlarni saqlab qolishdir. Kelishuvni shu paytgacha Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ukraina, Armaniston va Moldova ratifikatsiya qilingan.
Mazkur kelishuv bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish O‘zbekiston mudofaa vazirligi zimmasiga yuklangan.
Izoh (0)