Qozog‘iston boshqa davlatlar temir yo‘l kompaniyalari innovatsion vagonlari uchun o‘z hududidagi temir yo‘llarni yopdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Gap “Qozog‘iston temir yo‘li” kompaniyasi “Rossiya temir yo‘llari” OAJga (RJD) yuborgan telegrammasi haqida ketmoqda. Unda mamlakat infrastrukturasi o‘qqa bosimi 23,5 tonnadan oshadigan innovatsion vagonlar harakatlanishiga tayyor emasligi bildirilgan. Shu bois RJD 4-maydan boshlab bunday vagonlarning Qozog‘istonga bevosita yoki tranzit maqsadida o‘tishini man etdi.
Ekspertlar Qozog‘iston kompaniyasi harakatlarini RJDning Ostona 2011—2012-yillarda Xitoydan xarid qilgan 5400 ta innovatsion vagonni Rossiyaga kiritishdan bosh tortganiga javob sifatida baholadi.Ma’lumot uchun, o‘qqa yuqori — 25 tonnadan oshiq bosimli vagonlar innovatsiyali hisoblanadi.
Izoh (0)