Yakkasaroy tumani hududida konoplya giyohvandlik vositasini ekib yetishtirayotgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
2017-yilning 21-iyun kuni, taxminan, soat 06:00 larda, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori—2017” tadbiri davomida, Yakkasaroy tumani hududida istiqomat qiluvchi Ilyos Valitov o‘z uyining omborxonasida qonunga xilof ravishda, 4 tup konoplya giyohvandlik vositasini ekib yetishtirayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)