AQSh xalqaro terrorchi tashkilotlar ro‘yxatini kengaytirishni rejalashtirmoqda, bu Vashingtonga boshqa davlatlar hududida operatsiyalar o‘tkazish imkoniyatini beradi. Bu haqda Rossiya diplomatik doiralaridagi manbalariga tayangan holda “Gazeta.ru” yozmoqda.
Aytilishicha, AQSh IShID va “al-Qoida”ning mintaqaviy filiallarini BMTning terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishni talab qilmoqda.
Rossiya hamda bir qator boshqa davlatlar, shu jumladan, Misr AQShning taklifiga qarshi chiqmoqda, negaki bu Vashingtonga boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashish imkoniyatini beradi. Xususan, ayni paytda Misr Sinay yarim orolida “al-Qoida”ga qarshi kurashmoqda. Ushbu terrorchi guruhning Sinay bo‘linmasi BMT ro‘yxatiga kiritilishi rasmiy Qohira bir o‘zi bu muammoni hal qila olmasligini rasman tasdiqlaydi va boshqa davlatlarning aralashuviga yo‘l ochadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)