Argentinaning Mendosa provinsiyasida avtobus ishtirokidagi YTHda kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 30 ga yaqin kishi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Todo Noticias telekanaliga ko‘ra, avtobusda ko‘plab voyaga yetmaganlar bo‘lgan.
Hodisa joyida qutqaruvchilar va shifokorlar ishlashda davom etmoqda. Jarohat olganlarning ayrimlari og‘ir holatda ekanligi bildirilmoqda.
Avariya sabablari hozircha aniqlanmadi. Qurbonlar soni ortishi mumkin.
Izoh (0)