AQSh kongressmenlari mamlakatning o‘rta va kichik masofali raketalarni yo‘q qilish haqidagi shartnomadan chiqishini muhokama qilmoqda. Bu haqda, Politico nashriga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
Aytilishicha, ushbu muhokama tashabbuskori strategik kuchlari bo‘yicha qo‘mita raisi Mayk Rojers bo‘lgan. U AQShdan tashqari ushbu shartnomaning yagona ishtirokchisi bo‘lmish Rossiya kelishuvga amal qilmasligini sabab qilib ko‘rsatgan.
Shu bilan birga, Pentagon, Davlat departamenti va Milliy xavfsizlik kengashi bu g‘oyaga shubha bilan qaramoqda. AQSh ma’muriyatining fikricha, bunday qadam keng miqyosli qurollanish poygasini keltirib chiqarishi mumkin.
Rossiya Dumasi mudofaa qo‘mitasi raisi Yuriy Shvitkin ham o‘z izohida AQSh ma’muriyatini qo‘llab-quvvatladi.
“Rossiya qurollanish poygasining tarafdori emas, ammo AQShning kelishuvdan chiqish bunga sabab bo‘lishi mumkin”, — dedi u.
Kelishuv 1989-yili Mixail Gorbachyov va Ronald Reygan tomonidan imzolangan.
Izoh (0)