• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Paxtakor” shunchaki klub emas, super klubga aylanadi. Stadion esa qaytadan quriladi

    Toshkentning “Paxtakor” klubi kecha — 23-iyun kuni yangi bosh murabbiy sifatida gruziyalik Shota Arveladzeni tanishtirdi. Mutaxassis bilan shartnoma 1,5 yilga mo‘ljallangan.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”
    Menga bildirilgan ishonch uchun tashakkur. Sha’nimga bildirilgan yoqimli so‘zlar uchun ham katta rahmat!

    Bu yerda ekanimdan baxtliman. “Paxtakor” qanday jamoa bo‘lganini barchamiz eslaymiz, bilamiz va doim yodimizda saqlaymiz. Bugundan boshlab klubning shonli tarixini qaytarishga, jamoa bayrog‘ini yuqoriroq ko‘tarishga bor kuchimizni sarflaymiz.

    Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi

    Murabbiy o‘ziga bo‘lgan takliflar bir necha ekani haqida aytib o‘tgandi. Xo‘sh, u nega aynan “Paxtakor”ni tanladi?
    Klub rahbariyatining jiddiy taklifi va meni olib kelishga bel bog‘lagani bosh omil bo‘ldi. Ikkinchi tarafdan, klubning kelajakdagi rejalari, maqsadlari va ajoyib katta loyiha meni qiziqtirib qo‘ydi. Shaxsan bu loyihada ishtirok etishga motivatsiya kuchli bo‘ldi. Biz “Paxtakor”ni nafaqat O‘zbekistonda, balki Osiyoda eng kuchli jamoaga aylantirishni maqsad qilganmiz. Sizlarni ishontirib aytaman, buning uchun juda katta ishlar amalga oshiriladi. Bundan xavotir olmang.

    Men taklifni qabul qilish borasida ko‘p o‘ylab o‘tirmadim. Klub istiqboli borligi ko‘rinib turibdi. Uning bir qismi bo‘lishni chin yurakdan istaganim uchun qaror qabul qilishga 1—2 kun yetarli bo‘ldi.

    Taxminan 1 oy ilgari Toshkentda bo‘lgandim. Ketayotganimda bu yerga qaytib kelishimga ishongandim. Shundan keyin jamoaning bir qator o‘yinlarini kuzatishga erishdim. Imkon qadar uni o‘rganishga harakat qildim.

    Bizda o‘zimiz ishlab chiqqan dastur mavjud. Bu haqida erta-indin barcha boxabar bo‘ladi. Bunda muhimi faqatgina sovrinli o‘rinlarni egallash emas. “Paxtakor” uchun cho‘qqi va maqsad yagona — biz doim birinchi bo‘lishni istaymiz. Dasturning asosiy mezoni shu.

    “Paxtakor” endi hujumkor, tajovuzkor o‘yin uslubini qo‘llaydi. Biz birinchi kundan boshlab futbolchilarga buni tushuntirishga harakat qilamiz.

    Shuni aytib o‘tmoqchimanki, klub prezidenti undagi barcha narsani o‘zgartirmoqchi. Rejalarimdan akademiya bilan tanishish ham o‘rin olgan. Bu borada alohida shug‘ullanamiz. “Paxtakor” akademiyasi jahonning eng zo‘rlaridan biri bo‘lishi uchun intilamiz. U eng so‘nggi texnologiyalar bilan ta’minlanadi. Axir kelajak haqida qayg‘urishimiz kerak. Kelajakda legionerlarga tayanib qolmasdan, mahalliy yoshlarga katta e’tibor qaratish yangi siyosatdan o‘rin olgan.

    Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    O‘z vaqtida Yevropada nom qozongan sobiq futbolchi O‘zbekiston futboli haqida nimalarni biladi?

    O‘zbek futboli haqida ko‘p ma’lumotga ega edim desam, aldagan bo‘laman. Ammo oxirgi haftalarda juda ko‘p ma’lumot to‘pladim, bu borada menga ko‘maklashishdi. O‘zbekistonda yosh va iqtidorli futbolchilar ko‘pligiga guvoh bo‘ldim. Asosiysi, futbolchilaringiz to‘p bilan muomala qilishni biladi. Texnikasi yaxshi futbolchilar ko‘p ekan. O‘zbekistonda futbolni sevishadi, muhimi shu.

    Bungacha klubda qanday vaziyat hukmron bo‘lgan bilmadim-u, mening ishimga hech kim aralashmaydi. Aksincha, ko‘mak kerak bo‘lsa, maksimal darajada yordamlashishadi. Klub rahbariyati menga ishonishini va o‘z yordamini ayashmasligini bilaman.

    Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi

    Chernogoriya terma jamoasi a’zosi Marko Simichning O‘zbekistonga tashrifi va “Paxtakor” bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagani endi barchaga ma’lum. O‘tgan mavsumni “Rostov” safida o‘tkazgan futbolchi endilikda toshkentliklar himoya chizig‘ini kuchaytirishga harakat qiladi.
    Jamoaning qaysi chizig‘ida muammo borligi bilan qiziqdim va shunga qarab futbolchi izladim. Dastlab Marko Simich bilan og‘zaki kelishuvga erishdim. Keyin rahbariyat masalani hal etdi. Kimni olish yoki olmaslikni baribir ular hal etadi. Marko Simich jamoamizga kelib qo‘shilganidan xursandmiz.

    Klub prezidenti Bobur Shodiyev super klub tuzishga va’da bergan. Shunchaki kuchli jamoa emas, balki super klub! Bu boshqa-boshqa narsalar. “Paxtakor” tez orada super klubga aylanadi.

    Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi

    Tanishtiruv marosimida ishtirok etgan himoyachi Marko Simich quyidagicha fikr bildirdi:
    Men ham Shota Arveladze bildirgan barcha fikrlarga qo‘shilaman. Darhaqiqat, “Paxtakor” O‘zbekistonning bosh jamoasi. Biz barchamiz birgalikda uni elit klublar qatoriga qaytarish uchun kurashamiz.

    Marko Simich, “Paxtakor” a’zosi

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Matbuot anjumanining yakunida “Paxtakor” klubining yangi prezidenti Bobur Shodiyev berilgan savollarga javob qaytardi.

    Nega aynan Shota Arveladze “Paxtakor”da degan savolga javob bermoqchiman. Biz o‘zbek futboliga yangilik olib kirishni istadik. Nafaqat jamoaning taktik yoki o‘yin tashkil qilishi tarafidan, umuman klub strategiyasi va tizimi Yevropa futbolidan andoza olishini xohladik.

    Jamoaga kimni jalb etish, kimni o‘ynatishni faqat va faqat murabbiy hal etadi. Yangi futbolchilar hali bo‘ladi. Kimlar kelishini murabbiy va rahbariyat o‘zaro kelishgan holda aniqlaydi. Bizda hozir bir qator futbolchilar ismi yozilgan short-list mavjud. Unda legionerlar ham bor. Aynan qaysi pozitsiyaga kimlarni jalb etayotganimizni hozircha oshkor qilmaymiz. Yaqin haftalar ichida yangi futbolchilar haqida boxabar bo‘lasiz.

    Bobur Shodiyev, “Paxtakor” klubi prezidenti

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Yangi stadion haqida

    Hozirda biz yangi stadion qurish loyihasi ustida ish olib bormoqdamiz. Hukumat yordamida biz “Paxtakor”da yangi stadion barpo etamiz. Yaqin 6 oy ichida yangi stadion loyihasi taqdimotini o‘tkazamiz. Shuningdek, klubning Qibraydagi qarorgohini rekonstruksiya qilamiz. Yangi stadion “Paxtakor” o‘yingohining o‘rnida quriladi.

    Klubda moliyaviy tomondan hech qanday muammo yo‘q. Bunga qadar bo‘lgan barcha qarzlar butkul uzildi. Biz o‘zimiz maqsad qilgan cho‘qqiga chiqamiz va albatta klubimiz eng yuqori darajada bo‘ladi. Bunga sizlarni bemalol ishontira olaman. Klubimizning bir qator homiy tashkilotlari bor, ularning barchasi xususiy.

    Bobur Shodiyev, “Paxtakor” klubi prezidenti

    Janob prezidentning so‘zlariga ko‘ra, rahbariyat Jasur Abduraimovni jamoada olib qolishga harakat qiladi. Shota Arveladzening o‘zi ham Abduraimovning klubda qolishini istagan. Shu bilan birgalikda Bobur Shodiyev oson kechmagan o‘tish bosqichidan “Paxtakor”ni olib chiqib keta olgani uchun Jasur Abduraimovga minnatdorchilik bildirgan.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”
    24.06.2017, 10:27   Izoh (0)   81482
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Konfederatsiyalar kubogi. Jahon chempioni Osiyo chempionini mag‘lubiyatga uchratdi

    19.06.2017, 22:46

    Konfederatsiyalar kubogi. Yevropa chempionlarining tishi Meksikaga o‘tmadi

    18.06.2017, 22:32

    O‘zbekiston milliy termasi natijalaridan ranjigan futbol muxlislari Abdulaziz Komilovga shikoyat qildi

    15.06.2017, 21:29

    O‘z oilasi bilan go‘zal Ibitsa orolida dam olayotgan Messi, Suares va Fabregasdan fotogalereya

    15.06.2017, 15:57

    O‘zbekiston milliy termasi Eronga qarshi ikki uchrashuvda darvoza tomon nechta aniq zarba berdi? Javob — bitta suratda

    13.06.2017, 15:02

    Foto: Qashqadaryodagi stadionda yong‘in yuz berdi

    10.06.2017, 18:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.