Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida kecha — 19-iyun kuni 14-tur bellashuvlari start oldi.
Uning markaziy o‘yinida Jasur Abduraimov murabbiylik qilayotgan “Paxtakor” Qarshining “Nasaf” klubini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi — 2:1. Gol urmayotganligi uchun tanqidlar ostida qolib kelayotgan milliy terma jamoa hujumchisi Igor Sergeyev kecha va nihoyat raqib darvozasiga yo‘l topishga muvaffaq bo‘ldi.
Bunga qadar “Paxtakor” va “Nasaf” klublari O‘zbekiston kubogining nimchorak finalida ham to‘qnash kelgan bo‘lib, Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi Toshkentda 3:0, G‘uzorda 1:0 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi.
Vadim Abramov Farg‘onaning “Neftchi” klubi bilan ilk o‘yinida Samarqandning “Dinamo”sidan yengilgandi — 2:3. 14-turda ham uning jamoasi “Mash’al” darvozasiga 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Farqi, mazkur 2 ta gol farg‘onaliklarga 1 ochko taqdim etdi.
O‘zbekiston Oliy ligasi 14-tur bellashuvlari 19-iyun, dushanba
Izoh (0)