O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-iyundagi qarori (pdf) orqali O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida hududlararo hamkorlikka ko‘maklashish to‘g‘risidagi 2017-yil 5-aprel kuni Moskva shahrida imzolangan Bitimni tasdiqladi.
Qarorda ta’kidlanishicha, hujjat Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, turizm va ekologiya, shuningdek, o‘zaro qiziqish uyg‘otayotgan boshqa yo‘nalishlarda hududlararo ikki tomonlama manfaatdor hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani to‘g‘risida Rossiya tomoniga tegishli bildirishnoma yo‘llash yuklatildi.
Izoh (0)