Rossiya—2018 mundiali yo‘lida harakat qilayotgan Yaponiya terma jamoasi 8-turda durang o‘ynadi.
Bellashuvning 72-daqiqasiga kelib iroqlik futbolchilar mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Qit’a grandi bilan durang o‘ynaganiga qaramay, Iroq mundialdan umidini uzib bo‘lgan.
Mazkur bellashuvga qadar Yaponiya o‘z maydonida Suriya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan, Iroq esa Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvni 0:0 hisobida yakunlagandi.
Avstraliya bilan o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin BAA termasi bosh murabbiy Mahdiy Alini ishdan bo‘shatgandi. Kecha Amirlik terma jamoasi Tailand bilan ochkolarni bo‘lib oldi va Jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qoladigan bo‘ldi. Ehtimoliy g‘alaba BAA termasining imkoniyatlarini saqlab qolardi.
Mazkur bellashuvga tayyorgarlik sifatida tailandliklar Toshkentga kelgan va O‘zbekiston termasidan 0:2 hisobida yengilgandi.
Dastlabki uch o‘rinni egallab turgan termalar JChga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olishga harakat qilib ko‘radi. Yaponiya 31-avgust kuni o‘z maydonida Avstraliyani qabul qiladi va 5-sentabr kuni Saudiya Arabistoni mehmoni bo‘ladi. Garchi kunchiqar yurt termasi raqiblaridan 1 ochko o‘zib ketgan bo‘lsa-da, nisbatan olib qaraganda jiddiyroq to‘qnashuvlarga tayyorgarlik ko‘radi.
Saudiya va Avstraliya termasida esa mundialdan umidini uzgan termalarga qarshi maydonga tushish imkoniyati bor. Saudiyalik futbolchilar 31-avgust kuni BAA mehmoni bo‘ladi. Avstraliya esa saralashni o‘z maydonida Tailandni qabul qilish bilan yakunlaydi.
Ma’lumot uchun, mazkur guruhdagi 8-tur Avstraliya terma jamoasining Saudiya ustidan zafar quchishi bilan boshlangandi.
JCh—2018. Saralash “B” guruhi. 8-tur 13-iyun, seshanba
Izoh (0)