Kosmetika vositalarisiz ham yuzni mukammal ko‘rinishga keltirish mumkin. Buning uchun ba’zi usullarni bilishning o‘zi kifoya.
Biz siz uchun mukammal ko‘rinishga ega bo‘lishga yordam beruvchi bir necha maslahatlarni to‘pladik.
Tiniq rangli yuz
Yuz rangini sog‘lom qilishda moychechakli choy yordam beradi. Bu eleksirni tayyorlash uchun bir osh qoshiq moychechak gullari va bir piyola qaynoq suv kerak bo‘ladi. Choyni damlang va 30 daqiqa termosda qoldiring.
Keyin suzib oling, biroz soviting va 1 choy qoshiq asal soling. Bu ichimlikni har kuni ertalab och qoringa shoshilmasdan iching. Ikki hafta ichida yuzingiz terisi juda chiroyli bo‘ladi.
Sepkillar va pigment dog‘lariga qarshi kurash
Sepkillar va dog‘larni ketkazishda qaynoq suvga maydalab solingan petrushka yaxshi samara beradi. Damlamani yarim soat tindirib qo‘ying va suzib oling. Bir kunda 3 mahal yuzingizga suring.
Limon sharbati va achchiq choy ham sepkillardan tez qutulishga yordam beradi. Bu aralashma yordamida yuzingizni bir kunda 2 mahal arting.
Teridagi toshmalarni va qichishishlarni yo‘qotamiz
Aloe sharbatidan tayyorlangan losyon yuz terisidagi har xil toshmalarni va bezovtalikni tez bartaraf qiladi. Uni tayyorlash uchun 100 gramm aloe sharbati bilan 3 osh qoshiq qaynagan suv va 3 osh qoshiq spirtni aralashtiring.
Yuz terisini bu losyon bilan har kuni arting, 10 daqiqadan so‘ng iliq suvda yuving va namlantiruvchi krem suring.
Quruqshab qolgan lablarni parvarishlaymiz
Bunday muammoni bartaraf etishda qaymoq va sabzi sharbatidan (bir xil miqdorda ararlashtirilgan) tayyorlangan niqob yordam beradi. Niqobni lablaringizga suring va 7 daqiqadan keyin yuvib tashlang.
Manba: “Lady.mail.ru”
Izoh (0)