“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan “Nihol” mukofoti sohibi, xonanda Dilmurod Sultonovning litsenziyasi bekor qilindi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat muassasasining Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorovning jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, Dilmurod Sultonov litsenziyasi bekor qilinishidan avval “O‘zbekkonsert”ning hududiy bo‘limi tomonidan ogohlantirilgan.
So‘nggi vaqtlarda respublika miqyosidagi tadbirlarda ham ishtirok etayotgan xonanda Dilmurod Sultonov hududlarda bo‘layotgan tadbirlarni mensimay qo‘ydi. Xususan, Xorazm viloyatidagi tadbirlarni nazariga ilmay, ularga bormadi.“O‘zbekkonsert”ning hududiy bo‘limi tomonidan bir necha marta ogohlantirilganiga qaramay, u tadbirlarga bormaslik uchun asossiz bahonalar to‘qidi. Shu munosabat bilan, Dilmurod Sultonov nomiga berilgan litsenziyaning amal qilishi 2017-yil 12-iyundan tugatildi.
Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” boshqarma boshlig‘i
Izoh (0)