Rossiya—2018 mundiali uchun harakat qilayotgan Yevropa mamlakatlari kecha — 11-iyun kuni saralashning 6-tur bellashuvlarini yakunlab berdi.
“D” guruhidagi har uch o‘yinda ham durang natija qayd etildi. Bunga qadar ketma-ket to‘rt turda murosaga rozi bo‘lgan Uels terma jamoasi, endi Serbiyada 1:1 hisobini qayd etdi. Aaron Remzi tomonidan urilgan golga serblar javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Jarohati sabab Beyl uelsliklarga yordam bera olmadi.
Irlandiya esa Dublinda Avstriya bilan ochkolarni bo‘lib oldi. 6-turdan keyin Serbiya va Irlandiya termalari 12 ochko bilan turnir jadvalida qo‘shhokimlikni vujudga keltirgan. Yevro—2016 ishtirokchilari hisoblangan Avstriya hamda Uels termalari g‘alabani qo‘ldan chiqargani uchun ham mundialdan yanada uzoqlashdi.
JCh—2018. Saralash “D” guruhi. 6-tur 11-iyun, yakshanba
Izoh (0)