Bahrayn Qirolligi Markaziy banki Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr tomonidan tuzilgan “terrorchilik ro‘yxati”ga kiritilgan shaxslar va tashkilotlar hisoblarini muzlatib qo‘yishga qaror qildi. Bu haqda Bahrayn axborot agentligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Markaziy bank yo‘riqnomasiga ko‘ra, qirollik hududida ro‘yxatdan o‘tgan moliyaviy muassasalar to‘rtta arab mamlakati terrorizmni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirishda ayblayotgan 59 kishi va 12 tizimning barcha turdagi bank hisoblari va depozitlarini muzlatib va yopib qo‘yishi lozim.
Bundan tashqari, Markaziy bank ushbu shaxslar va tashkilotlar haqidagi moliyaviy ma’lumotlarni imkon boricha tezroq taqdim etishni talab qildi.
Avvalroq shu kabi taqiqni BAA bosh moliyaviy regulyatori ham joriy etgan edi.
Izoh (0)