Qatar hamda qator arab davlatlari o‘rtasidagi diplomatik inqiroz ushbu mamlakat tomonidan neft qazib olish hajmini chegaralash borasidagi kelishuv shartlarining bajarilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda mamlakat energetika va sanoat vaziri Muhammad bin Solih as-Sada bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Mintaqa boshdan kechirayotgan bugungi vaziyat Qatar tomonidan tegishli kelishuvlar doirasidagi shartlarning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi”, — dedi u.
Sada mamlakat shu paytgacha erishilgan boshqa kelishuvlar ham bajarib borilishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)