2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan Yevropa mamlakatlari saralashning 6-turini boshlab oldi.
“B” guruhining dastlabki besh turida zafar quchgan Shveysariya termasi, oltinchi o‘yinda ham 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. APLda to‘p surayotgan Granit Jaka hamda Jerdan Shakiri tomonidan urilgan gollar sabab Shveysariya saralashda yuz foizlik natija qayd etib turibdi.
Yevropaning amaldagi chempioni Portugaliya saralashni aynan Shveysariyadan uchralgan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlagandi. Keyingi besh o‘yinda Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari zafar quchishga erishdi. Kecha Latviyaga qarshi saf tortgan Portugaliya yirik g‘alabani tantana qildi. Krishtianu dubl qayd etishidan tashqari, sherigining goliga pas ham uzatdi.
Portugaliya terma jamoasi 17-iyun kuni Rosssiyada start oladigan Konfederatsiyalar kubogida Yevropa chempioni sifatida ishtirok etadi.
JCh—2018. Saralash “B” guruhi. 6-tur 9-iyun, juma
Izoh (0)