Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni xarid qiluvchilar soni kengayib bormoqda, deb yozdi “Chempionat”.
Xitoyning nomi oshkor etilmagan klublaridan biri Ronaldu uchun “Qirollik klubi”ga 200 million yevro taklif qilgan. Kelishuv amalga oshadigan bo‘lsa, portugaliyalik hujumchi bo‘lajak klubidan yiliga 120 million yevro maosh oladi. Bu kabi fantastik taklif hozirga qadar hech qaysi futbolchiga bildirilmagan.
Qayd qilinishicha, xitoyliklar muzokara stoliga o‘tirish uchun yaqin kunlar ichida Madridga yetib keladi. Ular jamoa prezidenti Florentino Peresning o‘zi bilan yuzma-yuz gaplashish istagida.
Avvalroq Ronaldu uchun Fransiyaning “Monako” va “PSJ”, Angliyaning “Manchester Yunayted” klublari 180 million berishga tayyor ekani aytilgandi.
Izoh (0)