Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey u boshchiligidagi konservativ partiya 8-may kungi saylovlarda parlamentdagi ko‘pchilikni saqlab qola olmagandan so‘ng iste’foga chiqishi mumkin. Bu haqda Citigroup moliyaviy korporatsiyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Umumiy palatada yanada ko‘pchilikni egallashga zaif va muvaffaqiyatsiz urinish deb baholangan saylov kampaniyasidan so‘ng Tereza Mey iste’foga chiqishi kutilmoqda”, — deyiladi bayonotda.
“Oldinda beqarorlik davri kutilmoqda”, — deydi Citigroup ekspertlari.
Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi kuni kecha bo‘lib o‘tgan muddatidan oldingi saylovlarda parlamentdagi ko‘pchilik o‘rnidan mahrum bo‘ldi. Ovozlar hisob-kitobi hali ham yuritilmoqda, biroq 650 o‘rinning yarimidan ko‘pini konservativlar endi egallay olmaydi.
Yakuniy natijalar e’lon qilingandan keyin Tereza Mey murojaat bilan chiqish qilishi kutilmoqda. Konservativ partiya yetakchisi o‘zining bundan keyingi siyosiy taqdiri haqida qanday qaror qabul qilishi murojaat yakunida ma’lum bo‘ladi.
Izoh (0)