Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish masalalari bo‘yicha vazir konservator Devid Devis bo‘lib o‘tgan saylovlarni inqilobiy deb atadi. Siyosatchi tegishli bayonotni ITV telekanali efirida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bu ancha ko‘proq inqilobiy saylovlar — turli shakldagi o‘zgarishlar Shotlandiya, Angliya shimolida kuzatilmoqda”, — deya ta’kidladi vazir va yakuniy xulosalarga kelishga hozircha erta ekanligini qo‘shimcha qildi. U Konservativ partiyaning saylovlardagi maqsadlaridan biri Brexit bo‘yicha qarashlarini yoqlashdan iborat ekanligini aytib o‘tdi.
Hozirgi paytda 650 saylov okrugidan yarmidan ortig‘ining natijalari e’lon qilingan. Leyboristlar ulardan 198 tasida, konservatorlar esa 191 tasida g‘alaba qozongan.
Izoh (0)