Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturining vakolatxonasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi tog‘oldi hududlarini tozalash bo‘yicha ekologik aksiya o‘tkazdi, bu haqda qo‘mita o‘zining Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
Yuzga yaqin ko‘ngillilar bilan tabiatni turli chiqindilardan tozalash maqsadida “Qoronqul” qishlog‘ining tog‘oldi hududidan oqib o‘tuvchi soy atrofi ko‘zdan kechirldi. Bu yerda joylashgan “Kelajak uchun” bolalar sog‘lomlashtirish lagerining orqa hududidagi ahvol juda yomonligi aniqlandi. “Men tabiat bilan birgaman!” shiori ostida o‘tkazilgan obodonlashtirish ishlarida bir kilometr masofadagi maydondan yigirma qopdan ziyod chiqindi yig‘ilgan.
Bo‘stonliq tumani hududi Ugam—Chotqol davlat milliy tabiiy bog‘i tizimiga kiradi. Bu yerni ayni paytda odamlar eng ko‘p keluvchi dam olish maskani hisoblanadi. Sayyohlar tomonidan dam olish joylarida tashlab ketilgan polietilen xaltalar va idishlar, oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlari atrof-muhitga jiddiy xavf soladi. Ushbu chiqindilar tufayli bog‘ hududidagi hayvonlarning halok bo‘lgan holatlariga ko‘p duch kelaman.Akromjon G‘ulomov, Tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi yetakchi mutaxassisi
Izoh (0)