Uelsda dafn marosimilarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi agentlikning marhum xo‘jayiniga tegishli bo‘lgan avtomobillar kolleksiyasi kimoshdi savdosida sotiladi. Uning garajida 38 ta avtomobil bo‘lgan, shulardan 8 tasi tobut tashishga mo‘ljallangan mashinalardir. Bu haqda The Sun nashriga tayanib, “Motor” xabar berdi.
Bundan tashqari biznesmen kolleksiyasida bir nechta sportkarlar ham mavjud bo‘lgan. Gap Nissan GT-R, shuningdek, ikkita Porsche 911 kabrioleti haqida ketmoqda.
Shuningdek, kolleksiyada klassik mashinalar ham bo‘lgan. Masalan, 1964-yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Fleetmaster va 1968-yilgi Jaguar S-Type.
Avtomobillar 17-iyun kuni Richard Edmonds Auctions kimoshdi savdolar uyida sotiladi. Marhum kolleksiyasidagi mashinalarning umumiy qiymati 150 ming funt sterlingga (194 ming dollar) baholanmoqda.
Izoh (0)