“Muslimaat.uz” nashri fidya tushunchasiga izoh berdi. Qayd etilishicha, “fidya”ning lug‘aviy ma’nosi “fido qilish” bo‘lib, shariat hukmiga ko‘ra, ma’lum bir narsaning o‘rniga mol sarflash “fidya berish” deyiladi.
Islom shariatida buyurilgan ma’lum bir amal o‘rniga mol sarflash “fidya” deyiladi. Buning uchun shariatda ko‘rsatilgan uzrli sabablar mavjud bo‘lishi lozim. Masalan, Ramazon oyi ro‘zasini uzrli sabablar tufayli tuta olmay qolganlar buning uchun fidya beradilar.
Fidya bir kambag‘alning bir kunlik o‘rtacha tirikchiligini ta’minlaydigan ovqat miqdori bo‘lib, uning hajmi taom yoki unga to‘g‘ri keladigan pul birligida belgilanadi. Bunda har bir joyning iqtisodiy-maishiy shart-sharoitidan kelib chiqiladi.
Har kunlik fidyaning miqdori fitr sadaqasi miqdorichadir, ya’ni bug‘doydan yarim so’ – 1900 g, arpa va xurmodan bir so’dan – 3800 g yoki bularning qiymatini berish bilan ham fidya ado qilingan bo‘ladi.
Izoh (0)