Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi yilning ikkinchisi musobaqasi Roland Garros’ni o‘zbekistonlik birinchi raketka Denis Istomin g‘alaba bilan boshlagandi.
Uning bu yurishi ikkinchi o‘yinga keliboq to‘xtadi. Janubiy koreyalik Xyon Changga qarshi kortga chiqqan Istominda eski jarohatining alomatlari ko‘rindi va u ketma-ket uch setni boy berdi: 1:6, 5:7, 1:6.
Denis Istomin mag‘lubiyatiga qaramay, ishtiroki uchun 70 ming yevro ishlab oldi. Shuningdek, ATP reytingida 45 ochkolik bo‘ldi.
Yilning ilk katta dubulg‘a musobaqasi — Australian open’da Istomin nimchorak finalga qadar yetib borgan va bu yo‘lda dunyoning ikkinchi raketkasi Novak Jokovichni turnirdan chiqarib yuborgandi.
Izoh (0)