Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi xalqaro iqtisodiy forum doirasida axborot agentliklari rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida Kuril orollari masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Jumladan, uning ta’kidlashicha, agarda Kuril orollari Yaponiya tarkibiga o‘tsa, u yerda AQSh qo‘shinlari joylashtirilgan bo‘lar edi.
“Savolning ikkinchi qismiga, aynan AQSh qo‘shinlarining bu orollarda joylashtirilishi nazariy jihatdan mumkinligiga kelsak, agar bu orollar qachondir Yaponiya tarkibida bo‘lsa, tabiiyki. Albatta, bunday imkoniyat mavjud”, — dedi Putin.
“Bu kelishuv va imzolangan bayonnomalardan kelib chiqadigan xulosadir”, — qo‘shimcha qildi Rossiya rahbari.
Izoh (0)