Samvel Babayan ustozlik qilayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi oldindagi ikki uchrashuv uchun tayyorgarlik boshladi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston kubogida uchrashuv o‘tkazgan va o‘zi to‘p surayotgan xorij klublaridagi rasmiy o‘yinlarda ishtirok etgan futbolchilar ikki kun ichida terma safiga to‘liq yetib keladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6-iyun kuni Toshkentda Tailand termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida 20:00 da start oladi.
Eron termasiga qarshi JCh—2018 saralashidagi o‘yin 12-iyun kuni Tehronda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.
Izoh (0)