Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining chorak finaliga yo‘llanma olgan uch klub nomi ma’lum.
Toshkentda “Paxtakor” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urgan “Nasaf”, G‘uzorda kechgan takroriy o‘yinni minimal hisobda o‘z foydasiga hal qildi va mamlakat kubogi uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Shu tariqa chempionatni o‘zi istaganidek boshlay olmagan “Paxtakor”, O‘zbekiston kubogini nimchorak finaldayoq tark etdi.
Ulug‘bek Baqoyev boshchilik qilayotgan “Buxoro” futbolchilari Jizzaxda “So‘g‘diyona” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Tomonlarning Buxoroda kechgan ilk o‘yinida g‘olibni aniqlab bo‘lmagandi — 1:1.
Kunning uchinchi o‘yinida Bekobod klubi qo‘qonliklarni mag‘lub etib ham navbatdagi bosqichga yo‘llanma ola bilmadi. Boisi tomonlarning vodiyda kechgan o‘yinida No‘mon Hasanov jamoasi 2:0 hisobida zafar quchgandi.
Bugun — 31-may kuni chorak finalga yo‘llanma olgan barcha jamoa nomiga oydinlik kiritiladi.
O‘zbekiston kubogi 1/8 final. Javob o‘yinlari 30-may, seshanba
“Metallurg” — “Qo‘qon—1912” 3:2
Gollar: Timur Usmonov, 24 (1:0). Darko Gojkovich, 61 (1:1). Nosir Otaqo‘ziyev, 73 (1:2). Doston Tursunov, 82-pen (2:2). Doston Tursunov, 89-pen (3:2).Dastlabki uchrashuv: 0:2“Nasaf” — “Paxtakor” 1:0
Gol: Bahrom Abdurahimov, 64 (1:0).Dastlabki uchrashuv: 3:0“So‘g‘diyona” — “Buxoro” 0:3
Gollar: Akobir To‘rayev, 30 (0:1). Ivan Nagayev, 62 (0:2). San’at Shixov, 75 (0:3).Dastlabki uchrashuv: 1:131-may, chorshanba“Qizilqum” — “Lokomotiv” (0:5)“Olmaliq” — “Dinamo” (1:1)“Mash’al” — “Yozyovon-Lochinlari” (4:0)“Navbahor” — “Neftchi” (0:1)“Bunyodkor” — “Sho‘rtan” (2:0)
*Qavs ichida birinchi o‘yin natijalari keltirilgan.
Izoh (0)