Parij va Londonni unuting: Yevropaning eng qiziqarli 10 ta maskani (foto)
Lonely Planet nashriyoti dunyoning turli nuqtalariga sayr qilish mumkin bo‘lgan Yevropaning nostandart joylarini e’lon qildi. Ro‘yxatdan Parij, London yoki Barselona kabi shaharlar joy olmagan, deb xabar berdi Insider Pro.
10. Gavr, Fransiya
Foto: Insider ProQo‘llanmada yozilishicha, “Gavraning yoshiga qaramay bu yerda zamonaviy arxitektura namunalarini ko‘rish, Ogyust Perre, Otello Zavaroni va Oskar Nimeyer kabi ijodkorlarning loyihalarini uchratish mumkin”.
9. Pafos, Kipr
Foto: Insider ProKiprning birinchi antik poytaxti 2017-yilda Yevropa ma’daniyat poytaxti deya topildi.
8.Moldova
Foto: Insider ProMoldova poytaxti Kishinyovda ham ko‘rishga arzigulik joylar bisyor. Masalan, dunyogi eng ulkan vinolar kolleksiyasi yig‘ilgan Mileștii Mici’da vinolarni tatib ko‘rish mumkin. Dnestrning sharqiy qirg‘og‘ida sovet o‘tmishiga tegishli qo‘riqxona, tan olinmagan Pridnestrov respublikasi joylashgan.
7. Shimoliy Germaniya
Foto: Insider ProBu maskan cheksiz osmon, tegilmagan qirg‘oqlar, mavj urayotgan plyajlar va mayda orollardan iborat. O‘rta asrlarga tegishli Lyubek va Bremendan poyezdga o‘tirib Lyutershtadt—Vittenberg va Eyzenga borish mumkin, u yerda 500 yil oldin Reformatsiya boshlangan.
6. Alenteju, Portugaliya
Foto: Insider ProUshbu qirg‘oqbo‘yi hududiga Lissabon orqali kelish oson bo‘lsada, turistlar orasida juda mashhur. Bu yerda YuNESKO xalqaro merosiga kiruvchi bir qator obyektlar mavjud.
5. Lids, Buyuk Britaniya
Foto: Insider ProBritaniyaning qoq yuragida joylashgan ushbu shahar craft pivosini xush ko‘ruvchilar uchun albatta yoqadi. Ushbu yilda Lidsda 50-an’anaviy mahalliy karnaval bo‘lib o‘tadi.
4. Shimoliy Chernogoriya
Foto: Insider ProBolqonning janubi-g‘arbiy hududida sayyohlar oqimini uchratmaysiz. Biroq mamlakatning uzoq burchaklarini tadqiq qilish imkonini beruvchi yaxshi yo‘llar mavjud. Tarixga qiziquvchilarni bu yerda Ostrog qoyalariga yoki Morache vodiylariga yashiringan cherkovlar o‘ziga rom etmasdan qolmaydi.
3. Galisiya, Ispaniya
Foto: Insider ProAynan shu yerda Santyago-de-Kompostela shahri joylashgan, qaysiki mashhur Kamino-de-Santyago ziyorat yo‘li yakunlanadigan joy.
2. Gotland, Shvetsiya
Foto: Insider ProBu yer haqida ko‘pchilik eshitmagan. Boltiq dengizidagi qadimiy orol — mamlakatning eng quyoshli va eng tarixiy ahamiyatga ega maskani.
1. Zagreb, Xorvatiya
Foto: Insider Pro
Bu shahar bir vaqtning o‘zida ham kosmopolitik, ham zamonaviy. Zagrebda aeroport ochilgani sabab bu yerda kelish osonlashdi va unchalik qimmat emas.
Izoh (0)