2016-yil boshida Qatarning “As-Sayliya” klubi bilan shartnoma imzolagan “Lokomotiv” sobiq futbolchisi Sanjar Shoahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv olmadi.
Shoahmedov va Temurxo‘ja Abduxoliqov “As-Sayliya”ni Yulduzlar ligasida olib qolishda katta mehnat qildi. Birinchi davra ishlari u qadar yurishmagan klub mavsumni 8-o‘rinda yakunlashga erishdi.
Yarim mavsum davomida Shoahmedov “As-Sayliya”ning 10 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Shuningdek, bir qator gollarga pas berdi. Quyida Shoahmedovning Qatardagi o‘yinlaridan yig‘ib chiqilgan rolikni tomosha qilish mumkin.
Izoh (0)