Avstraliya hukumati Xitoyning “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusida keng ko‘lamda ishtirok etishdan hozircha tiyilib turishga qaror qildi. Bu haqda 29-may, dushanba kuni The Australian gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, fevralda XXR tashqi ishlar vaziri Van I Avstraliya TIV rahbari Juli Bishop bilan muzokaralar chog‘ida Davlat kengashi vazirining tashrifi davomida Avstraliyaning “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusida ishtirok etishi haqidagi anglashuv memorandumining imzolanishi haqidagi istagini bildirgan.
Keyinroq bo‘lib o‘tgan hukumat va milliy xavfsizlik qo‘mitasi majlislarida bu taklif aksariyat vazirlarda ko‘plab qo‘shimcha izohlarni keltirib chiqarayotganligi aniqlandi. Nashrga ko‘ra, Avstraliyaning memorandumni imzolashni istamasligi bosh sababi bu mamlakat uchun sezilarli foyda keltirishini ko‘rsatuvchi biror-bir dalilning yo‘qligidir.
Izoh (0)