Fotogalereya: Dunyoga mashhur yulduzlarning asl kasblari
AdMe taniqli aktyor, aktrisa, qo‘shiqchilar hozirgi mashhurligiga erishmaganida qaysi kasbda faoliyat yuritgan bo‘lishi mumkinligi borasidagi suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Anjelina Joli
AdMe/“Daryo”Joli yoshligida buvasining taziyasi yomon tashkillashtirilganidan dafn qilish byurosi direktori bo‘lishga qat’iy qaror qilgan va hatto tegishli litsenziyaga ham buyurtma bergan edi.
Devid Duxovni
AdMe/“Daryo”“FQB agenti” Devid Duxovni mashhurlikka erishguniga qadar ingliz adabiyoti bo‘yicha bakalavr diplomini qo‘lga kiritgan.
Emma Uotson
AdMe/“Daryo”Emma Uotson Braun universitetida ingliz adabiyotini o‘rgangan.
Mik Jagger
AdMe/“Daryo”Rolling Stones solisti Mik Jagger musiqa bilan jiddiy shug‘ullanguniga qadar London iqtisodiyot maktabida buxgalteriya hisobini o‘rgangan.
Eshton Kutcher
AdMe/“Daryo”Taniqli Gollivud aktyori Eshton Kutcher mashhurlikka erishguniga qadar Ayova shtati universitetida biotibbiyot muhandisligi bo‘yicha tahsil olgan.
Beyonse
AdMe/“Daryo”Beyonse taniqli qo‘shiqchiga aylanguniga qadar ota-onasining sartaroshxonasida pol supurib pul ishlagan.
Xarrison Ford
AdMe/“Daryo”Xarrison Ford kinoda suratga tushuniga qadar boyskautlar oromgohida yetakchi bo‘lib ishlagan.
Morgan Friman
AdMe/“Daryo”Morgan Friman qiruvchi-uchuvchi bo‘lishni niyat qilgan. Buning uchun u maktabni tugatib Harbiy-havo kuchlariga kirgan. Biroq 4 yillik xizmatdan so‘ng Friman aktyorlikda o‘zini yaxshiroq his qilishini tushunib yetgan.
Tom Kruz
AdMe/“Daryo”Tom Kruz katolik rohibi bo‘lishga jiddiy qaror qilgan. Buning uchun u hatto Sinsinat seminariyasida tegishli ta’limlarni ham olgan.
Barak Obama
AdMe/“Daryo”
AQSh sobiq prezidenti Baraka Obama bir vaqtlar muzqaymoq sotib tirikchilik qilgan.
Izoh (0)