Qozog‘iston parlamenti majlisida (quyi palatasi) bugun, 24-may kuni “Qozog‘iston Respublikasi konstitutsiyasi me’yorlariga muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi ba’zi qonunchilik aktlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishdan ma’qullandi, deb yozadi “TASS”.
Hujjat terrorchilik va boshqa o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun fuqarolikdan mahrum qilishni ko‘zda tutadi.
Qonun loyihasining maqsadi qonunchilik aktlarini konstitutsiyaga yaqinda kiritilgan tuzatishlarga muvofiqlashtirishdan iborat.
Qozog‘iston adliya vaziri Marat Beketayevning so‘zlariga qaraganda, respublikaning milliy va hayotiy muhim manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan jinoyatlar uchun fuqarolikdan mahrum etish taklif etilmoqda.
Vazirning aniqlik kiritishicha, bunday jinoyatlarga Jinoyat kodeksining 11 ta moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatlar, masalan, genotsid, separatistik faoliyat, ekstremistik guruh tashkil etish, unga rahbarlik qilish yoki uning faoliyatida ishtirok etish kabilar kiradi.
Izoh (0)