Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko turmush o‘rtog‘i bilan Kiyevda bo‘lib o‘tayotgan “Kitob arsenali” xalqaro festivaliga tashrif buyurdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

“Bu yerdagi beqiyos muhit meni hayratga soldi. Festivalga kirishdagi uzundan-uzoq kutish meni quvontirgan yagona navbat bo‘lsa ajab emas”, — deya ta’kidladi Poroshenko.

Ukraina prezidenti san’at tarixiga oid adabiyotlar, jumladan, “Kazimir Malevich. Kiyev davri, 1928—1930-yillar”, “Sof san’at katalogi”, shuningdek, bolalar uchun kitoblarni xarid qildi.

Poroshenko hozirda Kanada tashqi ishlar vaziri bo‘lgan Xristi Frilandning “Plutokratlar: global darajadagi o‘ta boy shaxslarning gullab-yashnashi va qolgan barchaning tanazzuli” deb nomlangan kitobini ham sotib oldi. Unda plutokratiya — davlatning badavlat tabaqa manfaatlariga xizmat qilishi va mehnatkashlar huquqi poymol etilishi jarayoni aks etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi o‘ldirilib, jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborildi
Mahalliy
Toshkentda qator yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etuvchi yangicha kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda
Mahalliy
Andijonda er 22 yoshli ayoli, uning onasi va ukasini o‘ldirgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi