Toshkentning “Bunyodkor” klubi Oliy liga 9-turini “Metallurg”ga qarshi uchrashuv bilan boshlab berdi.
“Bunyodkor” stadionida kechgan o‘yin 1:1 hisobi bilan yakuniga yetdi. Qo‘lga kiritilgan 1 ochko tufayli “qaldirg‘ochlar” ochkolar soni bo‘yicha “Paxtakor” bilan tenglashib oldi.
Shuningdek, “Metallurg” ham shu 1 ochko sabab so‘nggi o‘rindan bitta yuqoriga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.
Sergey Lushchan boshchilik qilayotgan “Bunyodkor” uch turdan buyon raqiblarini mag‘lub eta olmaydi. Bunga qadar “Dinamo” bilan o‘z uyida 1:1 hisobida durang o‘ynagan Toshkent klubi, Muborakda “Mash’al”ga imkoniyatni boy bergandi — 0:1.
Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Biroq ba’zi jabhalarda tushunarsiz o‘yin o‘tkazdik. Biz yuta olmadik. Raqib munosib qarshilik ko‘rsatdi. Shunday ekan, durang adolatli natija bo‘ldi.Eldor Shomurodov avvalgi uchrashuvda juda bo‘sh o‘ynagani uchun zaxirada qoldi. Unga dars bo‘lsin deb, asosiy tarkibga kiritmadim.
Jamoada ba’zi muammolar bor. G‘oliblik ruhi yetishmayapti. Kuni kecha jamoamiz rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi. Ular bizni qo‘llab-quvvatlashni aytishdi. Umid qilamanki, o‘zgarishlarning bari “Bunyodkor” foydasi uchun xizmat qiladi.
Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi
O‘zbekiston Oliy ligasi 9-tur o‘yini 3-may, chorshanba
Izoh (0)