Osiyo chempionatining chorak final bosqichida o‘zbekistonlik 10 nafar bokschining barchasi bugun — 3-may kuni ringga ko‘tariladi.
Kunning birinchi jangida Rio—2016 sovrindori Murod Ahmadaliyev Butandan tashrif buyurgan Nima Dorjiga qarshi ringga chiqdi va raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushira oldi. Ikkinchi nokdaundan keyin butanlik murabbiylar ringga oq sochiq otishga majbur bo‘ldi.
Shu tariqa o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Germaniyada bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qildi. “Olamsport” nashrining ma’lumot berishicha, Ahmadaliyev qit’a chempionatining finali uchun janubiy koreyalik Yong Xun Xanga qarshi jang qiladi.
Izoh (0)