AQShning Mekilteo shahrida (Vashington shtati) Piper PA32 yengil motorli samolyoti trassa yaqinida quladi. Uning qulashini tirband yo‘lda turgan avtomobillardan birining videoregistratori tasodifan tasvirga tushirdi, deb xabar beradi TJournal.
Mahalliy K5 kanalining ma’lumotiga ko‘ra, samolyotning dvigateli u uchishi bilan olov olgan. U avtomobillardan biriga qulagani bois haydovchi va uning yo‘lovchisi yengil jarohat olib, shifoxonaga olib borilgan. 30 yoshli uchuvchi jarohat olmagan.
Samolyot uchish chog‘ida elektr simlariga tegib ketgani va yoqilg‘i bakini teshib o‘tgani uchun olov olgani aniqlandi. Uchuvchi qulay qo‘nish uchun joy topishga ulgurmay mashinalardan birining ustiga qulagan.
Izoh (0)