Venesuela prezidenti Nikolas Maduro “respublikaga zarur bo‘lgan tinchlikka erishish uchun” ta’sis kengashini chaqirishini e’lon qildi. Kengashuv organi favqulodda vakolatlarga ega bo‘lib, hatto konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin, deb xabar beradi TJournal.
Maduro fuqarolik urushini xohlamasligini, ammo ta’sis kengashi yordamida “fashist isyonini bostirish, mustaqil xalqqa tinchlik, barqarorlik, haqiqiy milliy muloqot o‘rnatish imkonini berish”ni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Kengashga 500 kishi kiradi, shulardan yarmi saylanadi. Saylovda siyosiy partiyalar ishtirok etmaydi.
Muxolifatning fikricha, ta’sis kengashining chaqirilishi Maduroning hokimiyatni saqlab qolishga, yangi parlament sayloviga yo‘l qo‘ymaslikka urinishidir.
Venesuela ta’sis kengashi bir marta — 1999-yilda o‘sha paytdagi rahbar Ugo Chaves tomonidan chaqirilgan edi. Chaves undan konstitutsiyaga o'zgartirishlar kiritish uchun foydalangan edi. Kengashda 95 foiz o'rinni Chaves tarafdorlari egallagan edi.
Izoh (0)