Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yil 1-may kuni Moskvadan Bangkokka uchgan “Aeroflot” samolyoti turbulentlik hududiga kirib qolgani tufayli 27 kishi jabrlandi. “Vesti.ru” havoning girdobli harakatiga tushib qolish tufayli sodir bo‘lgan aviahodisalarni yodga oldi.

Foto: Instagram/ Evgeniazibrova

Foto: Instagram/ Evgeniazibrova

2016-yil bahorida Rostov-Donda aeroportida FlyDubai aviakompaniyasining Boeing samolyoti halokatga uchradi. Havo kemasi qo‘nish chog‘ida turbulentlik hududiga kirib qoldi. 62 kishi halok bo‘ldi.

Bir yil avval Abu-Dabidan Jakartaga uchgan Etihad aviakompaniyasi borti havo girdobiga duch keldi. 30 dan ortiq kishi jabrlandi.

2015-yil kuzida Grenada— Mayami reysi bo‘ylab parvoz qilgan American Airlines samolyoti turbulentlik hududiga yo‘liqdi. Havo kemasi korpusida yoriqlar paydo bo‘ldi, 5 kishi jabrlandi.

2010-yili Rossiya osmonida “Vyetnam havo yo‘llari”ning Xanoydan Parijga yo‘l olgan Boeing samolyoti turbulentlikka duch kelib, 30 nafar yo‘lovchi jarohat oldi.

2001-yili American Airlines aviakompaniyasining Airbus A-300 samolyoti turbulentlik hududiga tushib qoldi. Ekipaj boshqaruvni uddalay olmadi. Bortda bo‘lgan barcha odam — 260 kishi halok bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)