Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining to‘rtinchi kurs talabasi Feruz Muyassarov “IT sayyorasi — 2016/17” X xalqaro olimpiadaning final bosqichiga yo‘llanma oldi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Foto: “Volgograd.ru”

Foto: “Volgograd.ru”

AT Consulting, 1S, Cisco, Huawei, Inter Systems, Oracle kabi yirik xalqaro kompaniyalar tanlov tashkilotchilari va homiylaridir.

Joriy yilda “IT sayyorasi — 2016/17” X xalqaro olimpiadaning saralash bosqichida 12 mamlakatdan 17 mingdan ziyod talaba va IT mutaxassisi ishtirok etdi. Ballar hisoblangach, ularning 1,5 mingdan ortig‘i ikkinchi bosqichga o‘tdi. Tanlovning 15 nominatsiyasidan birida g‘olib chiqishga da’vogarlik qilayotgan 370 ishtirokchi orasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining to‘rtinchi kurs talabasi Feruz Muyassarov ham bor.

“IT sayyorasi — 2016/17” X xalqaro olimpiadaning final bosqichi shu yil 2—5-iyun kunlari Sochi shahrida o‘tkaziladi. Final bosqich dasturida musobaqalardan tashqari yetakchi xalqaro axborot texnologiyalari kompaniyalari ishtirokida mahorat saboqlari va ma’ruzalar tinglash ham ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi