Davlat soliq xizmati organlari tomonidan nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminalidan foydalanmaslik va tushumlarni bank kassalariga to‘liq topshirmaslik holatlari bo‘yicha joriy yilning o‘tgan davrida 6,5 mingdan ortiq nazorat tadbiri o‘tkazilib, ularning barchasida turli qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining axborot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, tekshirishlarda savdo va pullik xizmat ko‘rsatish subyektlari tomonidan nazorat-kassa mashinasini qo‘llamasdan tovarlar sotish hamda xizmatlar ko‘rsatish, tushumlarni bank kassalariga topshirmasdan yashirish, to‘lov shaklidan kelib chiqib narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, hisob-kitob terminalidan foydalanish qoidalarini buzish va hech qanday hujjatlarsiz tovarlarni noqonuniy sotish holatlari aniqlangan.
Masalan, Sirdaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari “Servis” MChJga qarashli savdo shoxobchasida o‘tkazgan qisqa muddatli nazorat tadbirida mijoz tomonidan amalga oshirilgan to‘lov uchun 6000 so‘mga xarid cheki berilmaganligi, shoxobchaga nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminali o‘rnatilmaganligi hamda shoxobcha g‘aznasida savdodan tushgan 50 million so‘m miqdoridagi naqd pul borligi ma’lum bo‘ldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)