Gollivud aktrisasi Skarlett Yoxansson keksa qiyofadoshini uchrashuvga taklif etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hammasi internetda aktrisaga o‘xshash ayolning fotosi joylashtirilganidan boshlandi. Unga “Buvim yoshligida Skarlett Yoxanssonning o‘zi bo‘lgan”, degan izoh qoldirilgandi. Imgur saytida mazkur foto 3 million marotaba ko‘rildi.
Yoxansson suratga e’tibor qaratdi va qiyofadoshiga video orqali murojaat qildi. Aytishicha, uni Jeraldin (buvining ismi shunday) bilan qanchalik o‘xshash ekanliklari haqidagi elektron maktublar va xabarlarga ko‘mib tashlashgan.
Aktrisa qiyofadoshini tanishish va yaqindan muloqotda bo‘lish uchun “Juda yomon qizlar” filmi premyerasiga taklif etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)