Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z rafiqasi Melaniyaning tug‘ilgan kuniga atab joylagan postiga e’tibor qaratishdi. Twitter foydalanuvchilarini 50 ta yulduz o‘rniga atigi 39 ta yulduzdan iborat Amerika bayrog‘i jalb qildi.

Foto: Twitter / @realDonaldTrump

Foto: Twitter / @realDonaldTrump

Foydalanuvchilar Oq uy rahbari ustidan kulib, AQSh 1889-yilda 39 ta shtatdan iborat bo‘lganini ta’kidladi. “Hech bo‘lmaganda, biz endi tushunishimiz mumkin: u Amerika 1889-yilda buyuk bo‘lgan deb o‘ylarkan”, — dedi ulardan biri.

Ba’zilar ochiqdan-ochiq norozilik bildirib, Trampni prezidentlikka loyiq emaslikda ayblashni boshladi. “Oq uyda mayda-chuydalarga e’tibor bermasliklarini bilaman, ammo balki bayroqdagi yulduzlarni sanay olmaydigan kishilar sog‘liqni saqlash va soliqlar bilan shug‘ullanmagani ma’quldir?” — deya qayd etdi foydalanuvchilardan biri.

Yana boshqa foydalanuvchilar AQSh prezidenti va rafiqasi o‘rtasidagi munosabatlar ustidan keldi. “Oh, qanday yoqimli. Yordamchingiz sizdan yuzlab kilometr uzoqlikda bo‘lgan ‘rafiqangiz’ uchun otkritkani fotoshopda yasab beribdi”, — deya Trampni masxara qildi ulardan biri.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Gulja qirg‘ini” — uyg‘urlarni o‘ldirishni boshlagan Xitoy, chechenlarni ommaviy o‘ldirgan rus OMONi va vodorod bombasini botqoqqa tashlagan AQSH samolyoti. Kun xr...
Mahalliy
Toshkent viloyatida avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...