KXDR armiyasi Janubiy Koreya tomonidan provokatsiyalar amalga oshirilgan taqdirda unga shafqatsiz zarbalar berishga tayyor. Bu haqda KXDRning Koreyani tinch yo‘l bilan birlashtirish qo‘mitasi vakili mazkur bayonot bilan chiqish qildi, deb yozadi “TASS”.
“Janubiy Koreyaning qo‘g‘irchoq rejimi amerikalik xo‘jayini bilan birgalikda provokatsiya sodir etishga jazm qilsa, KXDR armiyasi unga shafqatsiz zarbalar beradi”, — deyiladi qo‘mita vakili bayonotida.
Qo‘mita Shimoldagi vatandoshlari bilan adovatni kuchaytirish va AQSh bilan harbiy ittifoqni mustahkamlashga undayotgan Koreya Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Xvan Gyo Anni tanqid qildi.
Qo‘mita KXDR yadro vositalari quvvatining tezlik bilan o‘sib borishi hatto Vashington osoyishtaligini buzayotganligini ta’kidladi. Shuning uchun Pxenyan Janubiy Koreya rejimining Seul tomonidan javob zarbasi haqidagi muhokamalarini kulgili deb hisoblaydi.
Izoh (0)