AQSh esminetsi Mahan Eron kateri bilan to‘qnashib ketmaslik uchun yo‘nalishni o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda AQSh ma’muriyatidagi manbasiga tayanib, Fox News telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Amerika esminetsi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi kateriga duch kelganligi ma’lum qilinmoqda. To‘qnashuvning oldini olish uchun esminets yo‘nalishni o‘zgartirib, xavf to‘g‘risida signal bergan va signal raketalarini uchirgan. Shuningdek, ekipaj jangovar pozitsiyalarni egallagan.
AQSh bungacha ham bir necha marta Eron dengizchilarini Fors ko‘rfazida xavfli manyovrlarda ayblagan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)