101 yoshli hindistonlik ayol Man Kaur Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon sport faxriylari o‘yinlarida 100 metr masofaga yugurishda oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Hindustan Times.
Man Kaur 100 va undan katta bo‘lgan yoshdagi toifada mazkur masofada yugurgan yagona sportchi bo‘ldi. U 100 metrni 1 daqiqa va 14 soniyada yugurib o‘tdi. Qayd etilishicha, hindistonlik ayol 93 yoshida yugurish bilan shug‘ullanishni boshlagan.
Men erilishgan natijada to‘xtab qolmayman va yugurishda davom etaman.Ma’lumot uchun, Butunjahon sport faxriylari o‘yinlari Xalqaro sport faxriylari assotsiatsiyasi bayrog‘i ostida har 4 yilda bir marta o‘tkaziladigan musobaqa sanaladi.Man Kaur
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)