Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qahva — bu juda ajoyib ichimlik bo‘lib, uni deyarli hamma sevib tanovul qiladi, lekin to‘g‘ri tayyorlashni biladiganlar juda kam. Odatda qahva turka deb ataladigan — uzun dastali qalin metall idishda tayyorlanadi.

Foto: “Kivahan.ru”

Foto: “Kivahan.ru”

Agar siz qahvani turkada ta’mi va xushbo‘y hidi to‘liq saqlanadigan tarzda to‘g‘ri tayyorlashni bilmasangiz, biz sizga bu borada maslahat berishimiz mumkin.

Sifatli va toza suv tanlash juda muhim. Yaxshisi filtrlangan suv oling.

  • Qahva donlarini qahva ezgichda maydalang va turkaga soling. Tayyor maydalangan qahva olsangiz ham bo‘ladi, lekin yangi maydalangani yaxshiroq.
  • Suv quying (keraklisini piyola bilan o‘lchab solishingiz mumkin), ta’bga ko‘ra shakar qo‘shing va past olovga qo‘ying. Turkadan uzoqqa ketib qolmang, bo‘lmasa eng muhim joyini o‘tkazib yuborasiz.
  • Yuzida ko‘pik paydo bo‘lishini kuting. Ichimlikning qaynab ketishiga yo‘l qo‘ymang — bu uning ta’mini buzadi. Turkani olovdan oling va ko‘pik pastga tushishini kuting. Qahvani bir marta aralashtirsangiz kifoya.
  • Qahvani yana olovga qo‘ying. Buni bir yoki ikki marta qaytarishingiz mumkin. Bu turkaning katta-kichikligiga bog‘liq. Shu tariqa qahvaning ta’mi to‘yingan va zichroq bo‘lib boraveradi.
  • Ichimlikning damlanishini kuting.
  • Xushbo‘y ichimlikni finjonlarga quyishdan oldin ularga qaynoq suv solib biroz kuting va keyin to‘kib tashlang. Endi esa qahvani ko‘pigi bilan bu finjonlarga quysangiz bo‘ladi.
Manba: “Tochka.net”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi