Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Pacific Gas & Electric (PG&E) kompaniyasi podstansiyasidagi yong‘in oqibatida San-Fransisko shahrida 90 mingdan ziyod aholi chiroqsiz qoldi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Shahar o‘t o‘chirish departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, elektr ta’minotining uzilib qolishi oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Foto: Twitter / @dylanmgale

Foto: Twitter / @dylanmgale

CBS telekompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, elektr ta’minotidagi uzilishlar sababli shahar atrofida harakatlanuvchi poyezdlar jadvali izdan chiqqan.

Shuningdek, shahar ko‘chalarida svetoforlar o‘chib qolgan. Shahar navbatchilik xizmatlariga liftlarda qamalib qolgan odamlardan 20 ga yaqin murojaat kelib tushgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi