Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSh Mudofaa vazirligi IShID o‘z poytaxtini Raqqadan undan 90 kilometr janubi-sharqda joydashgan Dayr-az-Zorga ko‘chirgan. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Fox News’ning xabar berishicha, AQShning uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalari so‘nggi ikki oy davomida jangarilarning ko‘chib o‘tishini kuzatib borgan.

Pentagon vakillarining fikricha, poytaxtning ko‘chirilishi AQSh boshliq koalitsiya tomonidan IShIDga o‘tkazilayotgan bosimning kuchayganidan dalolat.

Vazirlik vakilining qayd etishicha, Raqqa uchun kurash davom etadi, biroq u yerda IShIDning boshqaruvi yo‘qolgan. Amerika harbiylari yaqin kelajakda nisbatan ildamroq harakat qilishga umid qilmoqda.

Aprel oyi boshida IShID AQShga “rasmiy xat” bilan murojaat qilib, Qo‘shma Shtatlar bu urushda “mag‘lubiyatga uchrashi”ni ta’kidlagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...