Toshkent shahrida SMART Nimble Education nodavlat ta’lim muassasasi faoliyat yuritishni boshladi. O‘quv markazida xorijlik hamda xorij oliy dargohlarida o‘qib, mukammal bilimga ega bo‘lgan tajribali o‘qituvchilar dars berib, o‘quvchilarni qiziqtirish va mukammal bilim berishga harakat qilishadi. O‘quv markazi xorijiy tillarga, xususan xitoy, ingliz va koreys tillariga ixtisoslashgan.
O‘quv markazi ko‘pgina nufuzli xorijiy universitetlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, o‘zbekistonlik ta’lim oluvchilar uchun xorijda, xususan, Janubiy Koreya hamda Xitoy xalqaro oliy dargohlarida grant (+stipendiya) yoki chegirma bilan to‘lov kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi bo‘yicha kelishuvlar mavjud. Xorijda o‘qish istagida bo‘lgan talabalarning hujjat topshirish, tegishli davlat elchixonasi qabulida bo‘ladigan suhbatga unumli tayyorlash, yotoqxona bilan ta’minlanishi hamda ingliz tilidan bilimga ega bo‘lgan talabalarni o‘quv muddatiga ish bilan ta’minlash buyicha markaz tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi.
O‘quvchilar yaxshi saboq olishi uchun guruhlarda 8 nafargacha bolalar ta’lim olib, ehtiyojiga yarasha individual tarzda yondashiladi. Darslar individual yoki guruhlarda olib boriladi. Dars xonalari uslubiy jihozlar bilan ta’minlanib, zamonaviy dizaynda bezatilgan. Har bir kurs oyiga 12 ta mashg‘ulotdan iborat bo‘lib, haftasiga uch marta 2 akademik soat (1,5 soat)dan iborat. Barcha dasturlarda grammatika, fonetika, o‘qish va eshitishga katta ahamiyat berilgan.
Bundan tashqari, markazda ta’lim olayotgan yoshlarga yurtimiz tarixini, ota-bobolarimizning qilgan ulug‘ ishlarini yanada teran his qilishi va anglab yetishi uchun tarixiy obidalarga boy maskanlar, ya’ni, Samarqand, Buxoro hamda Xiva shaharlariga mavsumiy sayohat uyushtiriladi. Sayohat davomida bevosita chet ellik mehmon va sayyohlar bilan muloqotda bo‘lish orqali o‘zlarining til borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Qolaversa, yoz mavsumini yanada mazmunli o‘tkazishni xohlovchi bolalar markaz yordamida Xitoy davlatining Xaynan orolida joylashgan yozgi xalqaro oromgohida dam olishlari mumkin. Butun dunyo rivojlangan mamlaktlaridan oliy toifadagi insonlarning farzandlari oromgohga tashrif buyurib, u yerda barcha amaliyotlar ingliz va xitoy tilida olib boriladi va farzandingiz xalqaro toifada do‘st orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. To‘laqonli qulaylikni yaratish, xavfsizlik va yuzaga keladigan muammolarni joyida zudlik bilan bartaraf etish maqsadida markaz tomonidan doimiy vakil bevosita bolalar dam olish muddatiga safarbar qilinadi.
Markaz tomonidan tashkillashtiriladigan davomiy xayriya tadbirlarida ishtirok etishlari uchun imkoniyat paydo bo‘ladi. Unda shahrimizdagi mehribonlik va bolalar uylariga borib, ularning xolidan xabar olish bilan birga ularga cheksiz quvonch bahsh etishlari mumkin. Markaz tomonidan tashkil etiladigan turli xil konsert va ko‘rgazmalar iqtidorli yoshlarni kashf etish, o‘z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Barcha tillar bo‘yicha tegishli kursni tamomlagandan so‘ng Sertifikat taqdim etiladi.
Xitoy tili
Donishmand Konfutsiy “Eshitdim – unutdim. Ko‘rdim – eslab koldim. Bajardim – tushundim” deb aytgan ekan. Ushbu gap xitoy tilini o‘rganishda juda qo‘l keladi, chunki xitoy tili eng qiyin tillardan biri bo‘lib, natijasi sekin ko‘rinadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan til o‘rganishni xohlovchilar soni yildan-yilga oshib bormoqda. O‘quvchilar tilni mukammal bilishi uchun til asosini puxta o‘rganishi shart. Markaz tomonidan xitoy tilini yaxshi o‘rgatish negizida kuyidagi omillar yotadi:
- To‘g‘ri talaffuzni o‘rgatish;
- Ierogliflarning to‘g‘ri yozilishini o‘rgatish;
- Xitoy tilida oson dialoglar berib, har xil mavzularda suhbat qurishni o‘rgatish;
- Bosma matnlarni o‘qish va tushunishni o‘rgatish;
- Eshitib tushunishni rivojlantirish uchun suhbat jarayoniga bevosita Xitoy fuqarolarini taklif qilib, uchrashuvlar o‘tkazish.
Barcha darslarni Xitoy davlatida yashab, xalqaro universitetlarda mukammal ta’lim olib kelgan o‘qituvchilar o‘zbek, rus hamda ingliz tilida ta’lim berishadi.
Koreys tili
Markazda Janubiy koreyalik uch o‘qituvchi dars berib, ulardan biri koreys tilini o‘zbek tilida, yana biri koreys tilini ingliz tilida va uchinchisi to‘liq koreys tilida saboq beradi. Bu mashg‘ulotlarda til bilan birga Janubiy Koreya to‘g‘risida qiziq ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Agar shaxsiy yoki ish masalalarini yechishga koreys tilini bilish zarur bo‘lsa – markazga marhamat. Mashg‘ulotlarda yangi metodikalar va kommunikativ uslub qo‘llanib, bu tilni oson va tez o‘rganishga yordam beradi. Aynan shu maqsadda tilning bir necha o‘rganish uslubiy dasturlari ishlab chiqilgan;- Umumiy kurs;
- Intensiv kurs;
- Muloqot kursi;
- TOPIC imtihonlariga tayyorlash.
Ingliz tili
Hozirgi kunda ingliz tili eng muhim xorijiy tilga aylanib bormoqda. Biznesni olib borish yoki ilmiy maqolalar chop etish, chet elda ta’lim olish yoki muloqot qilish, bularning bari ingliz tiliga o‘tib bormoqda. Korporatsiyalarda esa asosiy ish tili ham ingliz tili bo‘lib, bu sharoitda ingliz tilini mukammal bilish majburiy shartlardan biriga aylanib bormoqda. Shu sababli, markazda yuqori malakali xalqaro universitetlarda tahsil olgan o‘qituvchilar ingliz tilini o‘qitadi. O‘quv xonalari esa maxsus anjomlar bilan jihozlangan.
Bu bilan birga o‘quvchilar markaz kutubxonasidan bemalol foydalanib qiziq kitoblarni o‘qishlari, o‘quv qo‘llanmalar, ma’lumotlar va lug‘atlardan foydalanishlari yoki tanlagan filmlarini ko‘rib, bilimlarini oshirishlari mumkin. Markazda bolalar va kattalar uchun turli dasturlar ishlab chiqilgan. IELTS imtihonlariga tayyorlash bo‘yicha maxsus intensiv dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida kamida 7 ball darajasigacha o‘rgatish amalda qo‘llanmoqda.
SMART Nimble Education nodavlat ta’lim muassasasi kelajagingiz va ish faoliyatingiz muvaffasiyati uchun Sizga ko‘makchi.
Today a Reader, Tomorrow a Leader!
Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Sarabo‘ston ko‘chasi, 3-B uy.
Mo‘ljal: “Kosmonavtlar” metro bekati, IIV qoshidagi “Korzinka.uz” supermarketi yonida joylashgan.
Ish tartibi: 9:00 – 20:00
Tel: (71) 256-66-56, (90) 955-36-86
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)