Yevropa Chempionlar ligasining nimchorak finalida Germaniyaning “Bayer” klubiga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan “Atletiko”, bu safar “Lester” dovonidan o‘ta oldi va yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Tomonlarning “Visente Kalderon” stadionida o‘tgan birinchi uchrashuvida Antuan Grizmanning penaltidan urgan yagona goli o‘yin taqdini hal qilgandi. “Lester” stadionidagi bellashuv esa 1:1 hisobi bilan yakuniga yetdi.
Bir yil muqaddam Chempionlar ligasining finaliga qadar yetib borish uchun “Atletiko” g‘oliblikka asosiy da’vogar bo‘lgan “Barselona”, “Bavariya” kabi klublarni turnirdan chiqarib yuborgandi. Bu safar esa yarim finalga qadar Diyego Simeone jamoasiga Germaniya va Angliya chempionatlarining o‘rtamiyona jamoalari raqib bo‘ldi.
Shu tariqa “Lester”ning Chempionlar ligasidagi ertagi chorak finalda o‘z yakuniga yetdi.
Yevropa Chempionlar ligasi Chorak final 18-aprel, seshanba
Izoh (0)