Shri-Lanka poytaxti Kolomboda chiqindilarning ulkan uyumi aholi turar-joylariga qulashi oqibatida kamida 6 kishi, jumladan, 3 nafar bola halok bo‘ldi. Yana 10 kishi jarohat oldi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Hindiston OAVlariga ko‘ra, davomli yomg‘irlar tufayli chiqindixonadagi uyum uylar tomonga surila boshlagan. Keyinchalik ular alanga olib, turar-joylarga qulagan.
40 ta imorat vayronalar ostida qolgani bildirilmoqda. Hodisa oqibatida tirik qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)